12:50 / 15.11.2021
3203
Yoshlarni ish bilan ta'minlash muammosi: nima qilish zarur?

Jahon banki o‘zbekistonlik yoshlarning ish topishdagi muammolari borasidagi hisobotida «nima qilish lozimligi» haqida bir qator takliflarni ilgari surdi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Jahon banki hisobotida yoshlarni ish bilan ta'minlashdagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qator takliflarni ilgari surdi. Ular orasida ish qidiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi axborot oqimini yaxshilash ham bor:

  • Talabalar va ish izlovchilar ularga yordam beradigan mehnat bozori haqida ma'lumotga ega emaslar. Kasb tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish va tegishli ishlarni qidirishni soddalashtirish;
  • Mehnat bozori axborot tizimlarining ko‘pligi mehnat bozorini yanada samarali qilishga yordam beradi. Ish qidiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi axborot oqimini yaxshilash;
  • Yoshlar ma'lum ish uchun ish haqi haqida aniq ma'lumotga ega bo‘lsa, talab qilinadigan kasb va ko‘nikmalar hamda muqobil kasblarni solishtirishlari mumkin bo‘ladi;
  • Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari va bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma'lumot olish, shuningdek, ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish;

Hisobotda yozilishicha, ish beruvchilar ham, yoshlar ham do‘stlar va shaxsiy aloqalar orqali norasmiy ish qidirish kanallaridan foydalanishi haqida xabar berishgan. Davlatning Ish.mehnat.uz portali ko‘pchilik yoshlarga ma'lum emas. Foydalanganlar portalda ro‘yxatdan o‘tish juda qiyin va qulay emas deb hisoblashadi, chunki ish beruvchilar ular bilan bog‘lana olmaydi. Ular ish topish uchun ish e'lonlari, xususiy internet ish portallaridan ko‘proq foydalanishadi.

  • Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda ish haqi va shogirdlik subsidiyalarini (ularning asosida iqtisodiy samaradorlik) baholash, isloh qilish va kengaytirish zarur;
  • Yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va ilg‘or xalqaro tajribalar asosidagi ko‘nikmalar hamda boshlang‘ich kapital bilan ta'minlashni kengaytirish;
  • Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalarini maktablarda va kasb-hunar ta'limi markazlarida targ‘ib qilish orqali qo‘llab-quvvatlash;
  • Ish beruvchi tomonidan talab qilinadigan malaka va kasblar uchun yaxshiroq diagnostikani ta'minlash, talabalar va yosh ish izlovchilarni ta'lim va bozor ma'lumotlaridan xabardor qilish;
  • Tegishli kasbiy yo‘nalish mexanizmlarini institutsionalizatsiya qilish;
  • Targ‘ibot kampaniyalarini va namunalarni ishlab chiqish;
  • Yosh xotin-qizlarni ishga joylashtirish va o‘z-o‘zini ish bilan ta'minlashda faolligini oshirish;
  • Professional to‘siqlarni bartaraf etish uchun tartibga soluvchi islohotlarni rag‘batlantirish, barcha tarmoqlar va hududlarda ishchi kuchining harakatchanligini oshirish;
  • Xavfsiz va samarali mehnat migratsiyasini osonlashtirish;
  • Davlat xizmatlari va bandlik dasturlari haqida xabardorlikni oshirish.

Avvalroq, O‘zbekistonda yoshlar ish topishda qanday muammolarga duch kelayotgani haqida yozgan edik.

Top