2021 yilning sentyabr oyidan boşlab Moliya vazirligi subsidiya platformasini işga tuşirdi. Unda har bir yönaliş böyiça davlat budjetidan tölab beriladigan subsidiyalar haqida ma'lumot oliş mumkin.
Buning uçun subsidiya.mf.uz maxsus elektron platformaga kiriladi.

Platformada «Subsidiyalar beruvçi taşkilotlar» röyxati mavjud. Şu röyxatdan Yoşlar işlari agentligini tanlab, kimlarga qanday tarzda subsidiyalar berilişi borasida qonunçilikda mavjud normalar bilan tanişişingiz mumkin böladi.

Portal ma'lumotlari asosida yoşlarga ajratiladigan subsidiya va kompensatsiyalar quyidagilar:
— Yoşlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga öqitiş böyiça nodavlat ta'lim taşkilotlariga sarflangan xarajatlarining 75 foizigaça qismini (bir oy uçun BHMning 4 baravarigaça, ikki oy uçun 8 baravarigaça, ikki oydan ortiq 12 baravarigaça) qoplab beriş;
— «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga uruğlik va köçatlar sotib oliş uçun (BHMning 8 baravarigaça) subsidiya ajratiş;
— mamlakatimizdagi OTMlarda ta'lim olayotgan "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlarining tölov-kontrakt summasining 50 foizigaça (BHMning 50 baravarigaça) tölab beriş;
— «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning ahvoli oğir bölgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolaniş bilan boğliq xarajatlarni (BHMning 50 baravarigaça) qoplab beriş;
— psixologik maslahatga muhtoj yoşlarga nisbatan ixtisoslaşgan NNTlar hamda NTTlar tomonidan pulli psixologik xizmat körsatilişi bilan boğliq xarajatlarni qoplab beriş;
— «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga, jumladan, yoş oilalarga turar joy ijarasi














