09:59 / 27.11.2021
8787
O‘zbekistonda elektromobil importi 7 baravarga oshdi

10 oyda 613 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi 7 baravardan oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Foto: EPA

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 12 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 613 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 526 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.

2021 yilning 10 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 551 ta;
  • Turkiya – 24 ta;
  • Litva – 13 ta;
  • Germaniya – 9 ta;
  • AQSh – 7 ta;
  • Koreya – 5 ta;
  • Ispaniya – 2 ta;
  • Rossiya – 1 ta;
  • Hongkong – 1 ta.

2021 yilning oktabr oyida O‘zbekiston xorijdan 55 ta elektromobil import qilgan.

Avvalroq, elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilari berilishi ma'lum qilingandi.

Top