10:23 / 28.11.2021
7246

Isroil yangi shtamm sababli dunyoda birinchi bo‘lib o‘z chegaralarini yopdi

Isroil koronavirusning yangi shtammi “omikron” sababli dunyoda birinchi bo‘lib o‘z chegaralarini yopdi. Xorijliklarning Isroilga kirishi 2 haftaga taqiqlab qo‘yildi. Shuningdek, vatanlariga qaytadigan isroilliklar karantinda qolishlari kerak bo‘ladi.

Foto: Picture Alliance

Bu haqda Isroil bosh vaziri Naftali Bennet e'lon qildi. Hukumat 2 hafta davomida yangi shtamm haqida ko‘proq ma'lumot paydo bo‘lishiga umid qilmoqda. Taqiqlov 29 noyabrdan amal qila boshlaydi. Yangi shtamm bilan kasallanganlar telefonlarni kuzatish texnologiyasi yordamida kuzatiladi.

Ayni vaqtda mamlakatda omikron-shtamm bilan bitta kasallanish holati qayd qilingan. Yana 7 kishi ushbu shtamm bilan kasallanganlikda gumonlanmoqda.

JSST 26 noyabrda koronavirusning yangi shtammini grek alifbosining omikron (o) harfi bilan belgiladi. Ushbu shtamm “xavotir uyg‘otuvchi shtamm” maqomini oldi. U bilan ilk kasallanish holati JARda qayd qilingan va hozirda Yevropada u bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Ko‘plab davlatlar JAR va yangi shtamm tarqalayotgan boshqa davlatlar bilan aviaaloqani to‘xtatmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top