12:40 / 02.12.2021
14866

Checheniston muftiysi Buxoroga keldi

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

1 dekabr kuni Checheniston Respublikasi muftiysi va davlat rahbari maslahatchisi Saloh hoji Mejiyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, delegatsiya tarkibida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi, Madaniyat vaziri Ayshat Qodirova ham kelgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Mehmonlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va Buxoro viloyat bosh imom-xatibi Jobir Elov kutib olib, hamrohlik qilmoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Dastlab Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilgan chechenistonlik mehmonlar O‘zbekistondagi boshqa ziyoratgohlarga ham borishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top