08:16 / 10.12.2021
5877
Toshkentda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosi qurilishi boshlandi

Toshkentda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasining yangi binosi qurilishi boshlandi. Bu haqda «Aziya-Plyus» nashri xabar berdi.

Foto: Aziya-Plyus

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 dekabr kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosida qurilish ishlariga start berdi.

Elchixonaning yangi binosi majmuasi 1,40 gektar maydonda quriladi, deyiladi ma'lumotda.

Joriy yil iyun oyida Tojikiston Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasi binosining qurilish joyini o‘zgartirgandi.

Foto: Aziya-Plyus

Umumiy maydoni 1,2 gektarni tashkil etadigan yer uchastkasi Sino tumanidagi Nusratullo Maxsum shohko‘chasi bo‘ylab joylashgan. Yer uchastkasi 49 yil davomida O‘zbekiston hukumati ixtiyorida bo‘ladi, ijara narxi - 1 dollar. 

Avvalroq, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 2018 yil avgust oyida tuzilgan shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston elchixonasi uchun Dushanbening Abu Ali ibn Sino shohko‘chasida yer uchastkasi taklif qilingan edi

Top