Tojikiston hukumati Tojikistonning Özbekistondagi va Özbekistonning Tojikistondagi diplomatik vakolatxonalari binolarini quriş uçun yer uçastkalarini özaro taqdim etiş töğrisida Özbekiston bilan imzolangan bitimga özgartiriş kiritiş haqidagi bayonnoma loyihasini imzolaş böyiça topşiriq berdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar qilmoqda.

Tojikiston Adliya vazirligining huquqiy axborot portalida e'lon qilingan bayonnoma loyihasida Özbekiston diplomatik vakolatxonasi uçun bino va inşootlarni qurişga binolar va tranzit kommunikatsiyalaridan xoli yer uçastkasi berilişi aytilgan. 

Umumiy maydoni 1,2 gektarni taşkil etadigan yer uçastkasi Sino tumanidagi Nusratullo Maxsum şohköçasi böylab joylaşgan. 

Yer uçastkasi 49 yil davomida Özbekiston hukumati ixtiyorida böladi, ijara narxi - 1 dollar. 

Avvalroq, ikki mamlakat hukumatlari örtasida 2018 yil avgust oyida tuzilgan şartnomaga muvofiq, Özbekiston elçixonasi uçun Duşanbening Abu Ali ibn Sino şohköçasida yer uçastkasi taklif qilingan edi. 

Şartnomaga binoan, Tojikistonning Toşkentdagi elçixonasini quriş uçun Tojikiston hukumati Zulfiyaxonim va Sebzor köçalari kesişmasidan yer uçastkasini oladi. Tojikistonning Toşkentdagi elçixonasini joylaştiriş rejalaştirilgan hudud Sebzor dahasida joylaşgan. 

Hozirda Özbekistonning Duşanbedagi elçixonasi Sanoiy köçasida, Tojikistonning Toşkentdagi elçixonasi esa Abdulla Qahhor köçasida joylaşgan.