13:55 / 12.12.2021
550
Samarqandda katta miqdorda pirotexnika savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyatida katta miqdorda pirotexnika savdosiga chek qo‘yilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalariga qarshi kurashish yo‘nalishida tadbirlar olib borilgan.

Tadbirlar davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi F.J., Past Darg‘om tumanida yashovchi Q.M., F.S., Samarqand tumanida yashovchi M.R., Z.O., K.B., Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi P.T. hamda Payariq tumanida yashovchi J.D.dan qiymati qariyb 51 million so‘m bo‘lgan 395 qutidagi “Britanik” va “Trenya” hamda 14 dona “7 shots” (salyut) pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ushlangan. Ulardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holatlar bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Top