07:25 / 16.12.2021
2020
O‘zbekistonda biznes ombudsmanning vakolatlari kengaytirilmoqda

Senat yalpi majlisida “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245 va 245-8-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun xususiy mulkka bo‘lgan huquqni himoya qilish va mansabdor shaxslar ko‘chmas mol-mulkiga aralashuv holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Prezidentning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida biznes ombudsmanga tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat idorasi mansabdorlariga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha vakolat berish taklifi bildirilgan edi.

Xususiy mulkni himoya qilish bilan bog‘liq mazkur muammoli vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tadbirkorlar manfaatlari buzilishi holatlari bo‘yicha ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, qonun qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirishning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Top