“Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Voyaga yetmaganlar örtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan 2 mingta ştat birligidan iborat içki işlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlari (katta inspektor-psixologlari) lavozimlari Milliy gvardiya tuzilmasiga ötkazildi.
- Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 248-1-moddasiga bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş böyiça majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlikda, şuningdek voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor şaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortiş uçun Milliy gvardiya organlariga, şu jumladan Bolalar bilan işlaş boşqarmasi boşliği va bölim boşliqlariga, tuman (şahar)lar böyiça inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berilişini nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilmoqda hamda şu munosabat bilan mazkur vakolatlar içki işlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlaridan çiqarilmoqda.
Qonun Milliy gvardiya organlarining voyaga yetmaganlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga doir faoliyati samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.












