08:24 / 19.12.2021
11107
Rossiya NATO xavfsizlikka kafolat bermaydigan bo‘lsa «kontrtahdidlar rejimi»ga o‘tishini ma’lum qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va NATO munosabatlarida «haqiqat onlari» yetib keldi.

Foto: MID Rossii Facebook

NATO Rossiyaning xavfsizlik kafolati bo‘yicha takliflarini rad etadigan bo‘lsa, Moskva ham «kontrtahdidlar rejimi»ga o‘tadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko.

«Bugun biz chegaragacha yetib keldik va bizning takliflarimiz batafsil, ularda milliy manfaatlarimiz va Yevropadagi harbiy xavfsizlikni qanday ko‘rishimiz tasvirlangan», — dedi u.

Grushkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va NATO munosabatlarida «haqiqat onlari» yetib keldi.

«Moskva qarama-qarshilikning harbiy yoki harbiy-texnik ssenariysini siyosiy jarayonga aylantirishni istaydi. Agar bu amalga oshmasa, u holda biz ham kontrtahdidlar rejimini yaratishga o‘tamiz. Ammo unda nima uchun bunday qarorga kelganimizni so‘rashga kech bo‘ladi», — dedi u.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma va RF hamda NATOga a’zo davlatlar xavfsizligini ta’minlash choralari to‘g‘risidagi kelishuv loyihalarini e’lon qilgandi.

Hujjatlarda Rossiya TIV AQSh NATOning sharqiy yo‘nalishda kengaymasligi bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olishi, ilgari sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlarni alyansga qabul qilish usulidan voz kechishi kerakligini talab qilgan.

Rossiya shuningdek, o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni, yadro qurolini o‘z hududidan tashqarida joylashtirmaslikni taklif qilgan.

Mavzuga oid
Top