Rossiya xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha AQSh oldiga qo‘ygan talablarini e’lon qildi
Moskva AQSh NATOning sharqiy yo‘nalishda kengaymasligi bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olishi, ilgari sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlarni alyansga qabul qilish usulidan voz kechishi kerakligini talab qilgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma va RF hamda NATOga a’zo davlatlar xavfsizligini ta’minlash choralari to‘g‘risidagi kelishuv loyihalarini e’lon qildi.
Hujjatlarda ta’kidlanishicha, tomonlar bo‘linmas va teng xavfsizlik, bir-birining xavfsizligiga zarar yetkazmaslik tamoyillari asosida harakat qilishi lozim.
Rossiya TIV AQSh NATOning sharqiy yo‘nalishda kengaymasligi bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olishi, ilgari sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlarni alyansga qabul qilish usulidan voz kechishi kerakligini talab qilgan.
AQSh ilgari SSSR tarkibiga kirgan va NATO a’zosi bo‘lmagan davlatlar hududida harbiy bazalar tashkil etmasligi, har qanday turdagi harbiy faoliyat uchun ularning infratuzilmasidan foydalanmasligi, ular bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirmasligi kerak, deyiladi hujjatda.
Rossiya shuningdek, o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni, yadro qurolini o‘z hududidan tashqarida joylashtirmaslikni taklif qilgan.
Mavzuga oid
11:59
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida AQSh bilan bayonnoma imzoladi
00:36
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024