23:28 / 28.12.2021
104489

Xiaomi uchta yangi smartfon taqdim qildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Brend Xiaomi 12 smartfonlar qatorini namoyish qildi. Unga Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari kirgan.

Foto: Xiaomi

Kompaniya Xiaomi 12’ni iPhone 13’ga qiyoslab, uning raqobatchisi deb atagan.

Barcha smartfonlar tasvirning yangilanish chastotasi 120 Gsni tashkil qiluvchi va HDR10+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi displey, tezkor xotira va quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan.  

Quyida smartfonlarning texnik ko‘rsatkichlari keltirilgan.

Xiaomi 12
O‘lchami: eni 69,9 mm
Og‘irligi: 180 g
Displey: 6,28 dyuymli, 2400×1080, AMOLED, 120 Gs, HDR10+
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1, 3,0 GGs, Adreno
Xotira: 8/12 GB tezkor, 128/256 GB doimiy
Kamera: 50 Mp, f/1,9 (asosiy) + 13 Mp, f/2,4 (keng burchakli) + telefoto + 32 Mp (old)
Batareya: 4500 mA-soat, 67 Vtli tezkor quvvatlagich, 30 Vtli simsiz quvvatlagich
Operatsion tizim: Android MIUI 13
Aloqa: USB-C, Wi-Fi 802.11ax, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, NFC
Korpusi rangi: qora, ko‘k, binafsharang, yashil
Narxi: 8+128 GBli versiya – 3699 yuan (580 dollar), 8+256 GB – 3999 yuan (627 dollar), 12+256 GB – 4399 yuan (690 dollar).

rCTdrOKe7fWWFZTLnpUmZc5CbjnxCP6m.jpg (1200×675)
Foto: Xiaomi

Xiaomi 12 Pro
O‘lchamlari: 163,6×74,6×8,16 mm
Og‘irligi: 205 g
Displey: 6,73 dyuymli, 3200×1440, AMOLED, 120 Gs, HDR10+
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1, 3,0 GGs, Adreno
Xotira: 8/12 GB tezkor, 128/256 GB doimiy
Kamera: 50 Mp, f/1,9 (asosiy) + 50 Mp, f/1,9 (portret) + 50 Mp, f/2,2 (keng burchakli) + 32 Mp (old)
Batareya: 4600 mA-soat, 120 Vtli tezkor quvvatlagich, 50 Vtli simsiz quvvatlagich
Operatsion tizim: Android MIUI 13
Aloqa: USB-C, Wi-Fi 802.11ax, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, NFC
Korpusi rangi: qora, ko‘k, binafsharang, yashil
Narxi: 8+128 GB – 4699 yuan (738 dollar), 8+256 GB – 4999 yuan (784 dollar), 12+256 GB – 5399 yuan (847 dollar).

Xiaomi 12X
O‘lchami: eni 69,9 mm
Og‘irligi: 176 g
Displey: 6,28 dyuymli, AMOLED, 120 Gs
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 870, 3,2 GGs, Adreno 650
Xotira: 8/12 GB tezkor, 128/256 GB doimiy
Kamera: 50 Mp, f/1,88 (asosiy) + 13 Mp, f/2,4 (keng burchakli) + telefoto + 32 Mp (old)
Batareya: 4500 mA-soat, 67 Vtli tezkor quvvatlagich
Operatsion tizim: Android MIUI 13
Aloqa: USB-C, Wi-Fi 802.11ax, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, NFC
Korpusi rangi: qora, ko‘k, binafsharang
Narxi: 8+128 GB - 3199 yuan (502 dollar), 8+256 GB – 3499 yuan (550 dollar), 12+256 GB – 3799 yuan (597 dollar).
Smartfonlar Xitoyda 1 yanvardan sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid
Top