Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi ultratovush dinamikli smart-ko‘zoynak chiqardi
Ko‘zoynak gardishiga o‘rnatilgan sensor panel yordamida boshqariladi. Unda to‘xtovsiz 13 soat musiqa eshitish mumkin, u 10 daqiqa quvvatlanganida to‘rt soatgacha ishlaydi.
Xiaomi kompaniyasi Yevropa bozoriga Mijia Smart Audio Glasses smart-ko‘zoynagini chiqardi.
Ko‘zoynak gardishiga ultratovush dinamik va to‘rtta mikrofon o‘rnatilgan. Tovushni havo orqali uzatish texnologiyasi atrof-muhitni ham eshitish imkonini beradi. Qurilma tovushning tashqariga eshitilishidan ikki karra himoyalangan bo‘lib, atrofdagilar undan chiqayotgan ovozni eshitmaydi.
U gardishiga o‘rnatilgan sensor panel yordamida boshqariladi, kengaytirilgan sozlamalarga esa Xiaomi Glasses ilovasi orqali kirish mumkin. Ushbu ilova imo-ishora, ovozli yordamchini qo‘llab-quvvatlaydi, ko‘zoynak yo‘qolganida topishga yordam beradi.
Qurilmada to‘xtovsiz 13 soat musiqa eshitish mumkin, u 10 daqiqa quvvatlanganida to‘rt soatgacha ishlaydi. Ko‘zoynak Bluetooth 5.2ni qo‘llab-quvvatlaydi, bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmaga ulash mumkin hamda chang va suvdan IP54 standarti bo‘yicha himoyalangan.
Uning Titanium modeli 199, Browline va Pilot modellari esa 179 yevrodan taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026