07:46 / 30.12.2021
18719
O‘zbekiston qaysi davlatlarga eng ko‘p avtomobil eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga yengil avtomobil eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: UzAuto Motors

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p Qozog‘istonga eksport qilgan — 28 651 ta. Keyingi o‘rinlardan Ukraina (744 ta) va Rossiya (448 ta) joy olgan. 

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Ozarboyjon – 253 ta;
  • Afg‘oniston – 128 ta; 
  • Tojikiston – 72 ta;
  • Qirg‘iziston – 30 ta.

Avvalroq, O‘zbekistonga avtomobillar asosan Xitoy va Koreyadan olib kelinayotgani xabar berilgandi.

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (6 963 ta) va Koreya (5 630 ta) yetakchilik qilmoqda.

Top