Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (6 963 ta) va Koreya (5 630 ta) yetakchilik qilmoqda.
Bundan tashqari, quyidagi davlatlardan ham avtomobil importi amalga oshirilgan:
- Rossiya – 4 167 ta;
- Qozog‘iston – 3 731 ta;
- Polsha – 1 204 ta;
- AQSh – 479 ta;
- Litva – 427 ta;
- Tailand – 250 ta;
- Germaniya – 103 ta;
- Yaponiya – 88 ta.
Avvalroq, O‘zbekiston 9 oyda xorijdan nechta yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘lgandi.











