08:54 / 05.01.2022
31930
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 5 yanvardan navbatdagi qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, davlat rahbari o‘tgan yili ham aynan yanvar oyida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgan edi.

O‘tgan yili davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimida qariyb 4 yillik faoliyati davrida uchinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.

Top