17:18 / 05.01.2022
10144

Yevroittifoq AQSh va NATOning Rossiya bilan muzokaralarida qatnashish talabi bilan chiqdi

10 yanvar kuni Jyenevada AQSh-Rossiya, 12 yanvar kuni Bryusselda Rossiya-NATO muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Ukraina va Yevropadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan. 

Foto: AP

Yevroittifoq AQSh va NATOning Rossiya bilan muzokaralarida qatnashishni talab qilmoqda, deb yozadi Financial Times

YeI rasmiy shaxslari gazetaga bergan intervyularida Jyeneva va Bryusseldagi uchrashuvlar tashkil qilinishidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirgan.

10 yanvar kuni Jyenevada AQSh-Rossiya, 12 yanvar kuni Bryusselda Rossiya-NATO muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Ukraina va Yevropadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan. 

Bryussel Yevropa xavfsizligi kelajagi bo‘yicha «muzokaralarda neytral kuzatuvchi bo‘lib tura olmaydi», dedi YeI tashqi siyosat mahkamasi rahbari Jozep Borrel. 

Bo‘lajak muzokaralarda Bryusselning ishtiroki cheklangan bir vaqtda YeI a’zolari Rossiya bilan ikki tomonlama muloqotga harakat qilmoqda. Germaniya va Fransiya diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirdi. Germaniya kanslerining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yyens Pletner va uning fransuz hamkasbi Emmanuel Bonn Rossiyaning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga yo‘l oldi. Ular shuningdek, Ukraina rasmiylari bilan ham uchrashadi.

Fransiya boshchiligidagi bir guruh mamlakatlar YeI NATOga kamroq suyanishi va o‘z mustaqil mudofaa salohiyatini rivojlantirishi kerak deb hisoblamoqda.  

Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.

Alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATO Ukraina va Gruziyaning alyansga qo‘shilishida Rossiya bilan murosa qilmasligini aytgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top