09:43 / 15.01.2022
1065
Navoiyda qarzdorligini to‘lamayotgan 92 nafar shaxs qidiruvga berilgan

Navoiy viloyatida uzoq muddatdan buyon qarzdorligini to‘lamayotgan 442 nafar shaxsdan 92 nafari qidiruvga berilgan. Ularning 22 nafari chet davlatlarga chiqib ketgan, 70 nafarining esa yashash joyi noma’lum. Bu haqda Kun.uz'ga MIB Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Ma’lum qilinishicha, MIB organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar boshqarma tomonidan 3,912 trln so‘mlik 412 ming 300 ta hujjatning ijrosi ta’minlangan. 2021 yilda esa 1,249 trln so‘mlik 117 477 ta ijro hujjati yuzasidan tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Shundan 828 mlrd so‘mlik 72 782 ta ijro hujjati bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinib, 55 615 ta ijro ishi bo‘yicha 461,2 mlrd so‘m mablag‘ (davlat foydasiga 165,8 mlrd so‘m, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga 264,4 mlrd so‘m hamda fuqarolarga 31 mlrd so‘m) undirilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilda viloyatda qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 156 nafar shaxs qayta ishga tiklangan va to‘lanmay qolgan 1,2 mlrd so‘mlik ish haqlari undirilgan. Byuro organlari tomonidan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan 223 nafar shaxsga ma’muriy, 23 nafar shaxsga esa jinoiy javobgarlik masalasi hal etilgan.

Top