Birlaşgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bölgan fuqarolar Özbekiston Respublikasiga olib kelindi.

Ma’lumotga köra, Toşkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va muvofiqlaştirilgan harakatlari natijasida oğir jinoyatlar sodir etganlik aybi bilan xalqaro qidiruvda bölgan uç nafar fuqaro BAA hududidan Özbekistonga topşirilgan.

Tomonlar örtasidagi uçraşuvlar va muzokaralar jarayonida transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalari, jumladan, jinoyatçilarni ekstraditsiya qiliş amaldagi xalqaro bitimlar asosida amalga oşirilişi böyiça özaro hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Milliy markaziy byurolar örtasidagi ikki tomonlama aloqalar natijasida jinoyatçilarni topşiriş körsatkiçlari ösişi kuzatilmoqda.

Olib kelingan şaxslar Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar böyiça qidiruvda bölgan. Endi ular jinoiy javobgarlikka tortiliş uçun sud oldida javob beradi.

Özbekistondagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xalqaro hamkorlik doirasida transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, qoçib yurgan jinoyatçilarni aniqlaş va ularni yurisdiksiyaga qaytariş böyiça işlar izçil davom etayotganini ma’lum qilgan.