21:48 / 15.01.2022
49858
«O‘shanda lol qolganman» – Shavkat Mirziyoyev 2017 yil mudofaa vazirini nega ishdan olgani haqida gapirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida 2017 yil mamlakat mudofaa vazirini nega ishdan olgani haqida gapirdi. Bu haqdagi video Xayrulla Nuriddinov mualliflidagi «Menimcha» teleloyihasida ko‘rsatildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«2017 yil mudofaa vazirini Kattaqo‘rg‘onda ishdan olgan edim. O‘shanda Kattaqo‘rg‘ondagi poligonga borib, u yerdagi holatni, askarlarning sharoitini ko‘rib lol qolganman. Shu sabab vazirni ishdan olgandim. Hozir boringlar, qanday o‘zgarish bo‘lganini ko‘rasiz», dedi prezident.

Ma’lumot uchun, 2008 yildan 2017 yilga qadar Qobul Berdiyev mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Uning o‘rnini 2017 yil hozir DXX raisi bo‘lib ishlayotgan Abdusalom Azizov egallagandi. 2019 yildan esa Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri lavozimida ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etgan viloyat hokimlariga ham murojaat qilib, takliflar berishini aytdi. «Men ham hokim bo‘lib ishlaganman. U vaqtda poligonga bitta mix ham qoqa olmasdik», dedi prezident.

Top