16:50 / 17.01.2022
3290

O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi

COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 2,6 mln dozaga yetdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

SSV O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori qariyb 50 million dozaga yetgani haqida xabar qildi.

«Bugun yurtimizga 310 050 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ikkinchi partiya vaksinadir», deyiladi xabarda.

Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 846 818 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 3 500 460 dozasi Moderna;
  • 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40,6 mln doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llangan.

 

Top