16:18 / 19.01.2022
12016
Buyuk Britaniya Ukrainaga bir necha ming dona tankka qarshi raketalar yetkazib berdi

Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya tomonidan "yuzaga kelgan tahdid"ga to‘qnash kelmoqda.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga bir necha ming dona tankka qarshi boshqariluvchi raketalar yetkazib berdi. Bu haqda Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri o‘rinbosari Jyeyms Hippi ma’lum qildi.

"Biz Ukraina qurolli kuchlariga bir necha ming dona tankka qarshi boshqariluvchi raketalar yubordik", - dedi u.

Uning qayd etishicha, Ukraina Rossiya tomonidan "yuzaga kelgan tahdid"ga to‘qnash kelmoqda.

Hippi Ukrainaga bostirib kirish "juda ahmoqona" qaror bo‘lishini ta’kidladi.

"Moskva bu tajovuz qonsiz bo‘lmasligini, bu Rossiya uchun parkdagi yengil sayr bo‘lmasligini tushunishi lozim", - dedi u.

Dushanba kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles qirollik Kiyevga yangi yordam paketini tayyorlaganini ma’lum qilgandi. Uollesning ta’kidlashicha, gap kichik ta’sir radiusiga ega bo‘lgan va Rossiyaga nisbatan tahdid solmaydigan qurollar haqida bormoqda.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top