10:53 / 22.01.2022
15377
“Umra-2022”: Ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
Foto: muslim.uz

22 yanvar erta tongda “Umra – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

“Mana shunday ulug‘ baxtga erishgan yurtdoshlarimizni kuzatish uchun taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi.

Muborak safarga otlangan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik so‘zlari sira arimaganiga guvoh bo‘ldik. Kuzatish jarayonida Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan ziyoratchilar eson-omon muborak qadamjolarni ziyorat qilib kelishlari, ushbu ziyoratni yurtimiz va butun dunyo musulmonlariga bardavom qilishini so‘rab xayrli duolar qilindi”, - deyiladi xabarda.

Top