20:47 / 02.02.2022
9193

Amerikalik olimlar lokdaunlar befoyda ekanligini ma’lum qildi

Yevropa va AQShda lokdaunlar o‘lim darajasini atigi 0,2 foizga kamaytirgan.

Foto: AP

AQShdagi Jons Hopkins universiteti olimlari koronavirusga qarshi kurashda lokdaunlar samarasiz ekanligini bildirdi. Ular karantin choralari va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘rganib chiqqanidan so‘ng ana shunday xulosaga kelishdi.

Olimlar lokdaunlar va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga oid 20 mingga yaqin tadqiqotni o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, lokdaunlar koronavirusdan o‘lim holatlari kamayishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmagan.

Yevropa va AQShda lokdaunlar o‘lim darajasini o‘rtacha atigi 0,2 foizga kamaytirgan, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimining joriy etilishi esa o‘lim darajasini 2,9 foizga pasaytirgan.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, lokdaunlar aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan, ammo iqtisodiy va ijtimoiy to‘xtatilishlarga olib kelgan. 

Avvalroq Daniya Yevroittifoqda birinchi bo‘lib barcha COVID-cheklovlarni bekor qilgandi.

Top