Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya Yevroittifoqda birinchi bo‘lib barcha COVID-cheklovlarni bekor qildi
Cheklovlar koronavirus yuqtirish holatlari yuqori bo‘lishiga qaramasdan bekor qilindi.
Foto: EPA/Vostock-photo
Daniya Yevroittifoqda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan barcha cheklovlar bekor qilingan birinchi mamlakatga aylandi.
Endilikda mamlakatda niqob taqish va COVID-pasportga ega bo‘lish majburiy emas, bar va restoranlarning ishlash vaqti chegaralanmaydi. Shuningdek, tungi klublar qayta ochiladi, odamlarning guruh bo‘lib to‘planishi ham cheklanmaydi.
Shu bilan birga mamlakatga kelayotganlar uchun ayrim cheklovlar, xususan, shengen hududiga kirmaydigan mamlakatlardan keluvchi emlanmagan turistlar uchun cheklovlar saqlab qolinadi.
Cheklovlar koronavirus yuqtirish holatlari yuqori bo‘lishiga qaramasdan bekor qilindi – 31 yanvar kuni mamlakatda 27,6 mingga yaqin kasallanish holatlari aniqlangan.
Daniyada 80 foizdan ziyod aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Mamlakatda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 1,6 milliondan oshgan, 3,7 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
11:44 / 04.12.2025
O‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
13:53 / 04.10.2025
Daniya razvedkasi: Rossiya G‘arbga qarshi gibrid urush olib bormoqda
13:18 / 01.10.2025
Ukraina Daniyaga dronlar bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislarni yubordi
10:08 / 29.09.2025