13:18 / 02.02.2022
8986
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Qayd etilishicha, Davron Mahsudov Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

D. Mahsudov 2004-2012 yillarda O‘zbekiston prezidenti devoni xodimi, 2012-2018 yillarda Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshlig‘i, Islomshunoslik kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

U 2018-2020 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri hamda hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi

Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislomovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Mavzuga oid
Top