Özbekiston prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uçun, Muzaffar Komilov ilgari Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligida boşqarma boşliği, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2018 yil 18 apreldan buyon Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari edi.
Muzaffar Komilov Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimini saqlab qolgan. U 2021 yil mayida rektorlikka tayinlangandi.

Şoazim Minovarov 1997-2006 yillarda Din işlari böyiça qömita raisi birinçi örinbosari, raisi bölgan. 2006 yil 1 avgustdan 1 dekabrigaça - Özbekiston prezidentining davlat maslahatçisi, 2006 yil 1 dekabrdan 2008 yil 28 iyungaça - Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari sifatida işlagan.
U 2008-2012 yillarda Özbekistonning Misrdagi elçisi bölgan, 2013 yilda pensiyaga çiqarilgan. 2015 yildan 2017 yil yozigaça Toşkentdagi Fransuz alyansi raisi bölgan. 2017 yil iyul oyida Islom madaniyati markazining direktori etib tayinlangan.
Şoazim Minovarov 2021 yil mayida Rustam Qosimov vafot etgaç, uning örniga prezident maslahatçisi lavozimini egallagandi.











