O‘zbekistonga olib kirish va tarqatish taqiqlangan materiallar e’lon qilindi (ro‘yxat)
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini ham e’lon qildi. 2023 yil 17 may holatiga ko‘ra aktual hisoblangan ro‘yxatda - Facebook, Telegram, Instagram, Youtube, Tik-tok, Odnoklassniki va boshqa manbalardagi materiallar manzillari ko‘rsatilgan.

Foto: kakprosto.ru
O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet saytlari, kanallar, profillarni aniqlash va ularni faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan mas’ul tashkilotlar qator ishlar amalga oshirmoqda. Xususan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, DXX, IIV, AOKA hamkorligida internetda radikal diniy mazmundagi kontentlar aniqlanib, Oliy sud qarori bilan ular ekstremistik va terroristik materiallar deb topiladi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ushbu tartibga asosan, Oliy sudning 60 ga yaqin qarori chiqarilib, ularga muvofiq 500 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan hamda ularni O‘zbekiston hududida tayyorlash, tarqatish, saqlash, olib kirish va namoyish etish taqiqlangan.
Qo‘mita sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan va O‘zbekistonda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatini OAVlarda e’lon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlash – prezident qarorida belgilangani eslatgan.
Shuningdek, bayonotda fuqarolardan shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi media mahsulotlarni Internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslikni so‘ralgan.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
2023 yil 17 may holatiga ko‘ra aktual hisoblangan ro‘yxatda — Facebook, Telegram, Instagram, Youtube, Tik-tok, Odnoklassniki va boshqa manbalardagi materiallar manzillari ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

17:01 / 02.05.2025
Germaniyada «Germaniya uchun alternativa» partiyasi ekstremistik deb topildi

15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi

18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi

18:54 / 10.03.2025