17:59 / 05.02.2022
11421

Polshaga AQShning qo‘shimcha qo‘shinlari yetib keldi

Avvalroq AQSh Germaniya, Polsha va Ruminiyaga qo‘shimcha 3 ming harbiy yuborishi haqida ma’lum qilingandi.

Foto: Reuters

Polshaga bortida amerikalik harbiylar bo‘lgan birinchi samolyot kelib qo‘ndi, deb xabar berdi Polsha radiosi.

Xabarga ko‘ra, samolyot Polsha janubi-sharqidagi Jyeshuv-Yasenka aeroportiga qo‘ngan.

Dastlab ikkinchi samoyot shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00larda kelishi rejalashtirilgandi, ammo keyinroq AQSh reysni yakshanbaga ko‘chirishga qaror qildi.

Avvalroq Pentagon AQSh Germaniya, Polsha va Ruminiyaga qo‘shimcha 3 ming harbiy yuborishi haqida ma’lum qilgandi.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ular Ukraina hududiga joylashtirilmasligi, shuningdek, Polsha va Ruminiyaga doimiy asosda emas, «mavjud vaziyatga javob» sifatida vaqtinchalikka jo‘natilayotganini ta’kidlagan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top