16:56 / 06.02.2022
8222

Olmazor tumanida 4 ta avtomobil ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIBB axborot xizmati

YTH natijasida ikki nafar yo‘lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 6 fevral kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida haydovchilar:

1) 1993 yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi "Mercedes Benz" rusumli yuk avtomobili;

2) 1966 yilda tug‘ilgan R.G. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli;

3) 1989 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli;

4) 1998 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan "Hyundai Sonata" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, "Lacetti" rusumli avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda Nexia ustunga urilishi oqibatida haydovchi vafot etganligi xabar qilingan edi.

Top