22:09 / 14.02.2022
10543

Chilonzorda dam olish kuni xodimlarini hashar qilishga majburlagan rahbar javobgarlikka tortildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Chilonzor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari dam olish kuniga qaramasdan majburiy ishga chaqirtirilib, hashar qildirilgan. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, holat Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida markaz xodimlari dam olish kuni ishga jalb etilgani, biroq ularga ikki hissa maosh to‘lanishi yoki otgul berilishi to‘g‘risida hech qanday buyruq rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.

Mazkur holatda Mehnat kodeksining 157-moddasi talablari buzilgan, shu sababli markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga oid
Top