Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 22-23 avgust kunlari «Obod va fayzli mahalla - yurt körki» şiori ostida umumxalq xayriya haşarini ötkaziş töğrisida farmoyiş qabul qildi.
Xayriya haşarini ötkaziş doirasida quyidagi tadbirlar amalga oşiriladi:
- mahallalar, aholi punktlari, köp kvartirali turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, köça va yölaklarni hamda bolalar maydonçalarini tartibga keltiriş, daraxtlarni oqlaş va butaş işlarini taşkil etiş;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvçisiz qolgan keksa va nogironligi bölgan fuqarolarning uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga kömaklaşiş;
- obodonlaştiriş tadbiri iştirokçilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlaş;
- joylarda obodonlaştiriş işlarini ötkaziş jarayonida töplangan çiqindilarning mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va boşqa mutasaddi taşkilot tomonidan alohida belgilangan joylarga olib çiqilişini ta’minlaş;
- avtomobil yöllari, harakatlaniş tiğiz bölgan köçalar, suv obektlari, qirğoqböyi hududlari, quriliş maydonlari, bino va inşootlar tomlari, xavfli işlab çiqariş obektlari, şuningdek, insonlarning hayoti yoki soğligiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan boşqa joylarda ixtiyoriy taşabbus bilan tadbirlar va boşqa işlarni amalga oşiriş taqiqlanganini qat’iy nazoratga oliş.
Ta’kidlanişiça, xayriya haşarini ötkazişda aholini boşqa turdagi jamoat işlari, şu jumladan, quriliş-ta’mirlaş va qişloq xöjaligi işlariga majburiy jalb etişga yöl qöyilmaydi.
Haşar tegişli taşkilotlar hududida obodonlaştiriş işlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oşirilişi ta’minlanadi.

















