18:46 / 18.02.2022
11855
Boqimandalik biror marta yaxshilik keltirmagan – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrif buyurgan davlat rahbari mehnatga layoqatli har bir inson ishlashi, hayot uchun kurashishi zarurligini ta’kidladi.

Tumandagi faollar yig‘ilishida so‘zga chiqqan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov mahallalarda o‘rganishlar olib borilganida juda ko‘pchilik o‘z hayoti davomida biror kun ishlamaganiga e’tibor qaratdi.

«Bir narsani unutmanglar – boqimandalik, dangasalik biror marta yaxshilik keltirmagan. O‘zbekiston sharoitida ish bo‘laturib ishlamaslik, imkoniyat bo‘lsa-da dangasalik qilish endi mutlaqo mumkin emas. Biz erkin bozor sharoitiga o‘tyapmiz. Bozor iqtisodiyoti shafqatsiz, o‘tiraverganlarni kechirmaydi.

Mana, mana shu hududda Toshkent metallurgiya zavodini barpo qilishga kirishganimizda hech kim ishonmagandi. Bugun bu korxonada shuncha aholimiz ishli bo‘ldi.

Yashash uchun kurashish kerak, tadbirkorlik qilish yoki bor ish o‘rinlarida ishlash kerak. Agar kasbi bo‘lmasa, marhamat, markazlarimizda kasbga o‘rganishsin. Ayollarga kasanachilikni, uyda ishlashni yoki korxonalarda bo‘lsa, qisqa muddatli bo‘lsa ham ishlarga o‘rgataylik. Muhimi, harakatda barakat ekanligini unutmaylik», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top