08:33 / 28.02.2022
1329

Dang‘ara tumanida dori vositalarini noqonuniy olib kirib sotish bilan shug‘ullangan fuqarolar ushlandi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosining Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh qirg‘oqlaridagi aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasiga dori vositalarini olib kirgan fuqarolar qo‘lga olindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqarolar M.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Sirdaryo” daryosining Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh qirg‘oqlaridagi aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasiga dori vositalarini olib kirib sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Ulardan 86,9 million so‘mlik tibbiyot sistemalari, dori vositalarini tashishda foydalanilgan 3 dona rezina qayiqlar hamda M.M.ning xonadonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 16 turdagi umumiy qiymati 216,2 million so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida fuqaro N.Yu. fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan, COVID-19 infeksiyasini davolashda keng qo‘llanadigan “Remdesivir” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Top