Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi - tadqiqot
Sutda yog‘ miqdori yuqori bo‘lgani sababli suvda yomon eriydigan moddalar inson yoki sigir suti bilan aralashtirilganda samarali ta’sir qiladi.
Monash universiteti rahbarligida o‘tkazilgan yangi tadqiqot inson va sigir sutini qo‘shib ichish ayrim dorilarning samaradorligini sezilarli darajada oshirishini aniqladi.
Avvalgi tajribalar sut yordamida turli dorilar organizmga yaxshiroq singishini ko‘rsatgan edi — bezgakka qarshi dorilar va parazitar infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan prazikvantel shular jumlasidandir. So‘nggi tadqiqot natijasida deyarli har bir xonadonda topiladigan ushbu mahsulot dori-darmonlarning organizmga so‘rilishini oshirishiga shubha qolmadi. Bu ayniqsa bolalarni davolashda muhim.
“Biosinguvchanlik” atamasi dorining qon oqimiga qancha miqdorda kirishini ifodalaydi. Bu bir necha omillarga, jumladan, oshqozon va ichak pH darajasiga bog‘liq. Bundan tashqari, oshqozon-ichak traktidagi fermentlar va metabolizm ham so‘rilishga ta’sir ko‘rsatadi.
Tanamiz asosan suvdan iborat — agar dori suvda yomon erisa, uning faqat bir qismi qonga o‘tadi. Lipofil dorilar yaxshi erishi va singishi uchun yog‘ kerak (shuning uchun shifokorlar ba’zi tabletkalarni ovqat bilan ichishni tavsiya qiladi).
Sutda yog‘ miqdori yuqori bo‘lgani sababli suvda yomon eriydigan moddalar inson yoki sigir suti bilan aralashtirilganda samarali ta’sir qiladi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tajriba davomida olimlar sut bilan aralashtirib ichilgan dorilar 175 foizgacha samaraliroq so‘rilishini aniqladi.
Ammo past va o‘rta daromadli mamlakatlarda tibbiy preparatlarda sutdan foydalanish bilan bog‘liq muayyan muammolar mavjud. Sovitish imkoniyati cheklangani tufayli, masalan, Afrikadagi oddiy odamlar hayotiga bunday amaliyotlarni joriy etish qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli, olimlar xavfsiz va samarali sut formulalarini ishlab chiqishga urinmoqda. Bu formulalar issiq iqlim sharoitida ham bemorlarning keng doirasi uchun qulay bo‘lishi kerak.
Ushbu sohadagi keyingi tadqiqotlar bolalar uchun yanada samaraliroq va xavfsizroq dori vositalarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Bu ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi cheklangan resurslar sharoitida juda dolzarb masala.
Sut o‘z tarkibidagi yog‘lar, oqsillar va uglevodlar tufayli ba’zi dori vositalarining yaxshiroq o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Yog‘lar bilan ayrim vitaminlar va dori moddalari yaxshiroq so‘riladi. Oqsillar esa dori vositalarining faol tarkibiy qismlari bilan bog‘lanib, ularning ajralib chiqishini sekinlashtiradi va ta’sir muddatini uzaytiradi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
-
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters
Jahon | 17:47
Mavzuga oid

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

16:55 / 25.03.2025