20:30 / 01.03.2022
11514
Umid Ishmuhamedov: “Kattalar Facebook’da, keyingi qatlam Instagram’da va yosh-u qari Telegram’da...”

Kun.uz O‘zbekistondagi taniqli biznes egalarining muvaffaqiyat kalitlari haqidagi tavsiyalarini yoritishda davom etadi. Edu Master, Millat Umidi, CIC kabi loyihalari bilan tadbirkorlar va omma orasida tanilgan Umid Ishmuhamedov bugun aholi orasida ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bo‘yicha qatlamlar haqida gapirdi.

Kattalar Facebook’da, keyingi qatlam Instagram’da va yosh-u qari Telegram’da...

Bugun ijtimoiy tarmoqdan foydalanmaydigan odamning o‘zi yo‘q. Internet foydalanuvchilariga yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, kattalar Facebook’da, keyingi qatlam Instagram’da va yosh-u qari Telegram’da o‘tiribdi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak internetda reklama joylashtirish qulay va samarali bo‘lib qoldi.

“Kun.uz auditoriyasida biz istagan mijozlar o‘tiribdi”

Tadbirkor sifatida boshlagan har bir loyihamizning ilk reklamasini Kun.uz’da berganmiz. Chunki saytda ko‘rishlar soni bir oyda 25 ming martadan oshadi. Instagram, Facebook, Telegram’dagi sahifalarida obunachilar sonining ko‘pligi sabab barcha loyihalarimizni yaxshi niyat bilan Kun.uz’da taqdim qilamiz.

Katta auditoriyaga ega bo‘lgan bu platformada tadbirkor istagan mijozni topish mumkin. Sayt kuzatuvchilari orasida oddiy aholidan tortib, siyosatchilargacha; tadbirkorlardan tortib top-menejyerlargacha topiladi.

Ular birinchi va xolis ma’lumotni Kun.uz’dan olishlari sababli reklama uchun biz ham shu yerni tanlaganmiz.

O‘zim ham sayt obunachisiman. Xolis va ishonchli ma’lumotlar tarqatilishiga amin bo‘lganimiz uchun yaqinda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan yangi loyihamizni ham ilk bora Kun.uz orqali tanitish niyatidamiz.

Jamoa faoliyatini a’lo baholagan holda, tezkor va ishonchli axborot yetkazishda xayr-manfaat tilayman.

Top