19:27 / 01.03.2022
10142

Uyingiz tomida quyosh panellari: bugun va kelajak

25 yanvardagi blekaut vaqtida uyida “svet” o‘chmagan juda kam sonli o‘zbekistonliklar – uylarining tomiga quyosh paneli o‘rnatganlar edi. SUBYEKTIV bu safar mana shu qiziqarli hodisa – O‘zbekiston sharoitida uydagi “svet mustaqilligi”ga erishish mavzusiga murojaat qildi.

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda ikki konturli isitish qozonlari ommalashib boryapti, chunki bu ancha qulay va tejamkor: xonadoningiz markaziy isitish tizimi va issiq suv ta’minotiga bog‘liqlik joyi bo‘lmaydi. Uyingizni xohlagan paytda, xohlagan haroratda isitasiz; isitish va issiq suv uchun pul to‘lamaysiz.

Endi tasavvur qiling-a, xuddi ana shunday mustaqillik elektr energiyasi bilan ham bo‘lsa-chi? Ya’ni uyingizga hech qayerdan sim tortib kelmay, shunchaki tomga quyosh panellarini o‘rnatib qo‘yishingiz mumkin. Va bu borgan sari reallikka aylanib bormoqda.

SUBYEKTIV loyihasi yangi sonida muqobil energiya manbalari, yana ham aniqrog‘i quyosh nuridan yirik stansiya va uy sharoitida elektr energiyasi olish hamda bu yo‘nalishning kelajagi haqida hikoya qiladi.

Mavzu
O‘zbekistonda blekaut
25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab svet o‘chib qoldi. Bu barcha sohalarga jiddiy ta’sir qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top