08:29 / 02.03.2022
7157
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori o‘rinni egallagan 10 ta davlat ma’lum qilindi
Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning yanvar oyidagi tashqi savdo aylanmasi qaysi davlatlar bilan amalga oshirilgani haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 621 mln dollar. Bunda, eksport – 157,1 mln, import 463,8 mln dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda Rossiya (573,3 mln dollar, eksport – 180,7 mln, import 392,6 mln dollar) va Qozog‘iston (266,8 mln dollar, eksport – 60,9 mln, import 205,8 mln dollar) joy oldi.

Tashqi savdo aylanmasida qolgan davlatlar ko‘rsatkichi quyidagicha:

  • Turkiya – 266,1 mln, eksport – 121,6 mln, import 144,5 mln dollar;
  • Koreya – 213,4 mln, eksport – 2,3 mln, import 211 mln dollar;
  • Qirg‘iziston – 60,3 mln, eksport – 51,3 mln, import 9 mln dollar;
  • Ukraina – 48,9 mln, eksport – 13,3 mln, import 35,6 mln dollar;
  • Germaniya – 45,3 mln, eksport – 5,7 mln, import 39,5 mln dollar;
  • Hindiston – 44,5 mln, eksport – 1,6 mln, import 42,9 mln dollar;
  • Tojikiston – 43,1 mln, eksport – 32,9 mln, import 10,2 mln dollar.

2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar – 1,2 mlrd dollar, xizmatlar – 176,5 mln dollar.

Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi 2,1 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda: mahsulotlar – 1,9 mlrd dollar, xizmatlar – 147,1 mln dollar.

Top