15:25 / 02.03.2022
12003
YeI Rossiya bilan urush olib bormayotganini bildirdi

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevropa armiyasini tuzish masalasi kun tartibida yo‘q. 

Foto: EPA-EFE/STEPHANIE LECOCQ

Yevroittifoq Rossiya bilan urush olib bormayapti, ammo yuzaga kelgan vaziyatda Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

"Sanksiyalar zarur, ammo sanksiyalar siyosat emas, ular vaziyatga nisbatan javob, bizga muammoning yechimi kerak va bu yechim diplomatiya bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Biz Rossiya bilan urush olib bormayapmiz, ammo hujumga duch kelganlar tarafidamiz", - dedi u.

"Sanksiyalar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirish uchun kiritiladi, ammo ular bizga ham zarar keltiradi va biz buning badalini to‘lashga tayyor turishimiz kerak", - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Borrelning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Yevropa armiyasini tuzish masalasi kun tartibida yo‘q. 

Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasidan so‘ng mamlakat Yevropa, Britaniya va AQSh sanksiyalari ostida qoldi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top