17:20 / 04.03.2022
21852
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi haftani 10910 so‘mdan yuqorida yakunladi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,18 so‘mga ko‘tarilib, 10 910,43 so‘mni tashkil qildi. Yevro 59,64 so‘mga pastlab, 12 017,84 so‘m bo‘ldi. Rubl 6,06 so‘mga ko‘tarilib, 99,10 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 so‘mdan oshdi. Shu kuni tijorat banklarida dollar kursi 10 955 so‘mgacha ko‘tarildi.

Mavzuga oid
Top