Özbekiston Markaziy banki 23 apreldan boşlab xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Savdo yakunlariga köra, AQŞ dollari kursi 21 sömga oşib, tarixiy maksimal — 12 711 sömga yetdi.
Tijorat banklarida duşanba kuni dollar 12 640−12 680 söm kursida sotib olindi. Sotiş kursi 12 730 sömdan 12 750 sömgaça özgardi.
Şuningdek, yevro 21,22 sömga oşib, 13 526,27 söm böldi. Rubl 0,36 sömga oşib, 136,31 sömni taşkil etdi
2024 yilning birinçi iş kunida, 3 yanvar kuni kurs 12 352,86 söm edi, 11 yanvarda kurs ilk bor 12 400 sömlik nuqtadan ötdi, 23 fevralda 12 500 sömlik dovonni, 28 martda 12 600 sömlik dovonni zabt etgandi.
Şu tariqa, yil boşidan beri kurs qariyb 360 sömga kötarildi.
2022 yil oxirida milliy valuta 3,94 foizga, 2023 yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangandi.













