Tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi keskin qimmatladi
Tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 12 ming so‘mdan oshdi. Bu asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valutalarining sezilarli qadrsizlanishi bilan bog‘lanmoqda.
Bugun, 10 avgust, soat 11:00 dan boshlab tijorat banklaridagi AQSh dollarining kursi keskin oshdi. Dollar kursi bir kunda 400 so‘mdan ortiqroq qimmatlab, sotuv kursi 12135 so‘mgacha yetdi. Banklar 1 dollarni 12 015 so‘mdan sotib olmoqda.
Markaziy bank ichki valuta bozoridagi holat bo‘yicha izoh berdi.
«Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.
Bu, o‘z navbatida, eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valuta tushumlariga va ichki valuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Natijada, ichki valuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi – fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.
Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishining oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega bo‘lib, zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi.
Mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishiga xizmat qiladi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi», deyiladi MB izohida.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Istanbulga borishni rad qilgan Putin, Trampning Qatardagi trillionlik kelishuvlari va G‘azodagi shifoxonaga zarba – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident
O‘zbekiston | 13:50
-
Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:29
Mavzuga oid

18:32 / 13.02.2025
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi

15:40 / 06.01.2025
AQSh dollari ilk marta 13 000 so‘mgacha qimmatlashdi

22:12 / 23.12.2024
2024 yilning eng omadsiz valutasi ma’lum qilindi

16:12 / 23.12.2024