Şu tariqa, sömning dollarga nisbatan qadrsizlaniş darajasi 2023 yil boşidan buyon 10 foizdan oşdi.
2023 yil davomida milliy valuta birinçi raqamli xalqaro valutaga nisbatan 9,7 foizga öz qadrini yöqotgan edi. Bu – 2021 va 2022 yillardagi körsatkiçdan ikki barobarga yuqori.
10 yanvar kuni tijorat banklarida 1 AQŞ dollari 12 335 – 12 390 söm oraliğidagi narxda sotib olingan bölsa, sotuv kursi 12 420 – 12 480 sömlik diapazonda şakllandi.

Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning sömga nisbatan rasmiy kursi Özbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boşqa hisobot maqsadlari uçun, şuningdek bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun işlatiladi.
Sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişi eksport va import örtasidagi manfiy saldoning oşib borişi fonida röy bermoqda. 2023 yilning 11 oyi davomida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 26 foizga oşib, 57,3 mlrd dollarga yetgan, bunda import oltinni hisobga olmagan holdagi eksport körsatkiçidan 11 mlrd dollarga ortib ketgan edi.












