10:58 / 04.03.2022
71097
Urushning sakkizinchi kuni. Suratlar

Ukrainadagi urush sakkizinchi kunda ham davom etdi. Mamlakatning milliondan ortiq aholisi qochqinga aylangan. O‘qqa tutilishi davom etayotgan shaharlar gumanitar falokat yoqasida. 3 mart kuni o‘tkazilgan Ukraina-Rossiya muzokaralarining ikkinchi raundida tomonlar tinch aholi evakuatsiyasi, shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazish uchun gumanitar yo‘lak tashkil etishga kelishdi.

Borodyankaning yuqoridan ko‘rinishi. REUTERS/Maksim Levin

So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar

  • 3 mart kuni Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Yakunda maxsus minimal dastur bo‘yicha qarorlar qabul qilingan: unga ko‘ra, o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatish bilan tomonlar odamlarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar yaratish hamda «eng shiddatli janglar kechayotgan joylarga oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan».
  • Putin to‘xtamoqchi emas. Rossiya prezidenti Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan 90 daqiqa davom etgan telefon muloqotida Ukraina Rossiyaning shartlarini qabul qilmasa, hujumni davom ettirishga «qat’iy qarori»ni bildirgan. U Rossiya qo‘shinlari Ukraina shaharlarini o‘qqa tutayotgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan. Keyinroq Putin Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishida so‘zga chiqib, rossiyaliklarni «maxsus harbiy operatsiya reja bo‘yicha» ketayotganiga ishontirdi va halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga 5 million rubl miqdorida kompensatsiya va’da qildi.
  • Ukraina shaharlarini o‘qqa tutish va janglar davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Chernigovda o‘tgan kun davomida vayronalar ostidan 33 kishining jasadi topilgan, shuningdek 18 kishi yaralangan. Xarkov o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 13 kishi jarohat olgan. Energodarda ham janglar ketmoqda.
  • Zelenskiy Putinga: «Men bilan muzokara stoliga o‘tir, nimaga qo‘rqyapsan? Shols yoki Makron bilan bo‘lgani kabi 30 metr narida emas, yonma-yon o‘tirib gaplashaylik. Axir men qo‘shniman, tishlab olmayman, tuppa-tuzuk erkakman. Biz hech kimga tahdid qilmayapmiz, terrorchi emasmiz, birovning yerini tortib olmoqchi ham emasmiz. Biz NATOda emasmiz, yadro qurolimiz ham yo‘q».

Quyidagi materialda urushning sakkizinchi kunidagi vaziyatni ifoda etuvchi suratlar.

Chernigovdagi turar joy. Foto: Roman Zakrevskyi / Reuters / Scanpix / LETA
​Havo hujumi haqidagi sirenadan keyin maktab yerto‘lasiga tushib olgan odamlar (Lvov, 3 mart). Foto: REUTERS/Kai Pfaffenbach
Kiyev urushning ilk kunlaridan buyon zarbalarga uchramoqda. Foto: Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA​​​​​​
Kiyev oblastidagi Borodyank posyolkasiga hujum oqibatlari. Foto: Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Borodyankdagi shifokorlar. Foto: Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi Ukraina mudofaa kuchlari jangchisi. Foto: Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti Borodyanka posyolkasida yakson etilgan rus harbiy texnikalari. RF mudofaa vazirligi 3 mart kuni Borodyankada «tinch aholi chiqishi uchun yo‘lak ta’minlangani» haqida ma’lum qilgandi.
Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari eski «Jiguli»da olib kelingan qurollarni ko‘zdan kechirmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy rossiyalik jangchining tanasidan bronejiletni yechib olmoqda. Surat Kiyev oblastidagi Sitnyaki qishlog‘ida olingan.
Anastasia Vlasova / Getty Images

 

Irpen shahrida vayron qilingan zirhli texnika. Kiyevdan 20 kilometr masofada joylashgan shaharda bir necha kundan buyon shiddatli janglar ketmoqda.​​
Chris McGrath / Getty Images
Ukraina hududiy mudofaa kuchlari askari Kiyevdagi nazorat-o‘tkazish punktida. Foto: Mykola Tymchenko / Reuters / Scanpix / LETA
Chernigov Ukrainaning boshqa shaharlari kabi har kuni o‘qqa tutilmoqda. Foto: Roman Zakrevskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar tomonidan qurshab olinayotgan Kiyevni asosan ayollar va bolalar tark etishga urinmoqda.
Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Qoidaga ko‘ra erkaklar shahar mudofaasi uchun qolmoqda. Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Harbiy harakatlar ichida qolgan shaharlar aholisi oziq-ovqat va dori-darmon yetishmovchiligiga duch kelgan. Suratda Irpendagi shahar.
Chris McGrath / Getty Images
Kiyevdan Lvovga jo‘nab ketayotgan bolalar otalari bilan xayrlashmoqda. Foto: REUTERS/Gleb Garanich
Ukraina va Slovakiya chegarasini kesib o‘tish chog‘ida xomush turgan ukrainalik bolakay. Foto: REUTERS/Lukasz Glowala
Kiyev oblasti Yasnohorodka qishlog‘ida ukrain ayoli ukrain harbiy xizmatchilarini shirinliklar bilan siylamoqda.
Foto: REUTERS/Maksim Levin

 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top