12:11 / 08.03.2022
12383
Surxondaryoda ertangi sabzavotlar pishib yetildi: ularni bozorbop ko‘rinishiga keltiruvchi qurilma

O‘zbekistonning eng janubiy viloyati Surxondaryo dalalarida bahorgi sabzavotlar pishib yetildi. Jarqo‘rg‘on tumanida yetishtirilgan sabzi, sholg‘om va turp mahalliy bozorga chiqarilmoqda. Hademay bahorgi kartoshka va piyoz ham el dasturxoniga tortiq qilinadi.

Dalalardan yig‘ib kelingan sabzavotlar avval mo‘’jaz qurilmada tuproqdan yuviladi. Jarqo‘rg‘on tumanida mahalliy yigitlar dehqonlar yetishtirgan sabzavotlarni yuvib berishmoqda.

Ular 50 kg yoki bir qop sabzini 5000 so‘m evaziga yuvib berishadi. Polietilen qopning donasi esa 2000 so‘m turadi. 5 kishi mehnat qiladigan stanokda kuniga 5-6 tonna — 100 qop atrofida sabzavotlar yuviladi.

Bu qurilmaning aylanuvchi barabani yog‘ochdan yasalgan. Shu sababli u sabzavotlarga ziyon yetkazmasdan, turp, sabzilarning bozorgir ko‘rinishini buzmasdan yuva oladi.

Yigitlarning aytishicha, bu yerda yuvilib, qoplangan sabzavotlar fermerlar tomonidan nafaqat Surxondaryoda, O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham jo‘natiladi.

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Tasvirchi va montajchi: Faxriddin Hotamov

Mavzuga oid
Top