Unda, şuningdek, Baykalorti ölkasining iqtisodiyot, qişloq xöjaligi, ta’lim, madaniyat vazirliklari, infratuzilmaviy rejalaştiriş sohalari rahbarlari va işbilarmon doiralari vakillari qatnaşdi.
Tomonlar agrosanoat majmui, ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Özbekistondan Baykalorti ölkasiga qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beriş, mamlakatga yirik va mayda şoxli çorva mollari eksportini köpaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Ölkada kuniga 50 tagaça özbek meva-sabzavotlari yuklangan yuk maşinalarini qabul qiluvçi transport-logistika markazini taşkil etiş taşabbusi uçraşuvning asosiy mavzusi böldi.
Şuningdek, Baykalorti ölkasining qişloq xöjaligi va çorvaçilik majmualarida işlaş uçun Özbekistondan malakali mutaxassislar, xususan veterinarlar, mexanizatorlar, payvandçilarni jalb qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida Çita şahrida Özbekiston sayyohlik salohiyatini tarğib qilişga qaratilgan tadbirlar va turli festivallarni ötkaziş taklifi qöllab-quvvatlandi.
Muloqot yakunida hududlararo töğridan töğri şeriklikni yölga qöyiş, hamkorlikning aniq yönalişlarini belgilab oliş, yurtimizdagi investitsiyaviy qöşma loyihalar bilan bevosita tanişiş maqsadida Baykalorti ölkasi işbilarmon doiralari vakillarining Özbekistonga biznes-missiyani uyuştiriş yuzasidan ahdlaşib olindi.












