10:02 / 10.03.2022
10448
Otabek Fozilkarimov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar bermoqda.

Foto: Nigoh

Qayd etilishicha, Otabek Fozilkarimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Fozilkarimov 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U o‘z vaqtida Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash, sport va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha budjet siyosati departamenti direktori lavozimida ishlagan. 

2020 yilda Moliya vazirligining Ijtimoiy himoya sohasida budjet siyosati departamenti direktorining o‘rinbosari – aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash sohasida budjet siyosati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

O.Fozilkarimov shu kungacha Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash va sport sohalarida budjet siyosati departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Bundan avval Abdulla Azizov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

2019 yil sentabr oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Abdulla Azizov 2020 yil yozida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatidagi o‘zgarishlar vaqtida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top