Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha qator vazifalarni belgilab berdi.

Eng avvalo, aprel oyida:

  • 1 million nafar xavf guruhiga kiruvchilar, 700 ming nafar bolalar va 100 ming nafar homilador ayollar maqsadli skriningdan o‘tkaziladi;
  • har bir oilaviy poliklinikada kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali tuman va shahar shifoxonalariga yotadigan bemorlarning navbati kamida 20 foizga qisqartiriladi;
  • 26 ta oilaviy shifokorlik punkti to‘liq ta’mirlandi, zarur shtatlar, asbob-uskuna va dorilar bilan ta’minlanadi.

Yil yakuniga qadar jami 400 ta mahalla uchun bunday punktlar ochilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, aprel oyida olis hududlarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda 1 700 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Bundan avval poliklinikalarda yangi xizmat turlarini pulli asosda tashkil qilishga ruxsat berilishi xabar qilingandi.