Chet el fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Nizom boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va O‘zbekiston hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Shu bilan birga, nizom talablari O‘zbekistonda doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, chunki ular sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqdan respublikaning fuqarolari bilan bir qatorda teng huquqlarga ega.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
- bepul kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam olish va pulli asosda rejali tibbiy yordam olish;
- tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar sir saqlanishini talab qilish;
- tibbiy aralashuvga o‘z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
- ixtiyoriy tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlardan foydalanish;
- tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rnini qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish va boshqalar.
Shu bilan birga, ular quyidagilarga majbur:
- tibbiyot xodimlariga o‘zlarida jamoat salomatligi uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar, odamning immunitet tanqisligi virusi mavjudligi to‘g‘risida xabar berish, shuningdek boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lganda ehtiyot choralarini ko‘rish;
- tibbiyot xodimlarini ularda oldin aniqlangan dori vositalarini qabul qilishga allergik reaksiyalar va boshqa nojo‘ya ta’sirlar mavjudligi haqida xabardor qilish;
- davolovchi shifokor tomonidan belgilangan davolash tadbirlariga rioya qilish.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

22:04 / 17.11.2023
Qirg‘iziston hukumati Rossiyani migrantlarni tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashga chaqirdi

18:36 / 17.10.2023
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi belgilandi

22:22 / 26.10.2022